Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya xabari


???? Adliya vazirligi Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3858, 2026-yil 25-iyun).

???? Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin qiymatini aniqlashning yagona tartibini belgilaydi.

???? Unga ko‘ra:

???? ko‘chmas mulk obyektlari koʻp kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar va noturar obyektlar guruhlariga ajratiladi;

???? baholashda ko‘chmas mulk bozori ma’lumotlari, bitimlar, e’lonlar va boshqa narxga ta’sir qiluvchi omillar hisobga olinadi;

???? hududlar bozor narxlaridan kelib chiqib narx zonalariga ajratiladi hamda namunaviy obyektlar (etalonlar) asosida qiymat aniqlanadi;

???? obyektlarning qiymati qiyosiy, xarajat yoki daromad yondashuvlari orqali hisoblanadi;

???? qiymatni aniqlashda qurilgan yili, qurilish materiali, maydoni, qavati, joylashuvi va ta’mirlanganlik holati kabi omillar inobatga olinadi;

???? ommaviy baholash natijalari Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti va axborot tizimlarida e’lon qilinadi;

???? mulkdorlar kadastr raqami orqali o‘z obyektining qiymati bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi;

???? baholash natijalari 90 kun davomida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi hamda mulkdorlar taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin;

⚖️ baholash natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar vakolatli organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

✅ Mazkur hujjat ko‘chmas mulk obyektlarining qiymatini bozor tamoyillari asosida adolatli va shaffof aniqlashga xizmat qiladi.