Янгиликлар
15
Adliya xabari
#Adliya_xabari
“Karyera kuni” doirasida yosh yuristlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 15-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera kuni” doirasida yuridik sohada faoliyat yuritishni istagan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tizimga keng jalb etish hamda istiqbolli kadrlarni saralash maqsadida ochiq muloqot va ishga qabul qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Adliya vazirligi mas’ul xodimi O. Mamayusupov hamda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Raximov ishtirok etib, yoshlarga tizimdagi mavjud imkoniyatlar, xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hamda kasbiy rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida:
adliya organlaridagi vakant ish o‘rinlari;
ishga qabul qilish tartibi va bosqichlari;
nomzodlarga qo‘yiladigan talablar;
yosh yuristlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar;
xizmat faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda kasbiy rivojlanish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.