Янгиликлар
14
Adliya xabari
#Sayyor_qabul
Dehqonobod tumanining "Oqrabot" mahallasida Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Rahimov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning huquqiy muammolariga yechim topish, davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, Bosh vazirning 2025-yil 27-maydagi topshirig‘iga muvofiq hududlarda sayyor qabullarni tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, aholiga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish, notinch oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish va ularni yarashtirish choralarini ko‘rish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Tadbirda 60 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.
Jarayon davomida mas’ullar tomonidan 60 dan ortiq fuqaro qabul qilinib, 20 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi, 15 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan 15 ta hujjat ish yurituviga olindi.