Янгиликлар
05
Adliya xabari
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kitob tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilgan, hozirda Kitob tumani Beshariq MFY, Nug‘ayli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1927-yilda tug‘ilgan faxriy onaxon Gadoyeva Sharofat momo holidan xabar olindi.
Tashrif davomida momoning uzoq yillik mehnat faoliyati, urush yillaridagi mashaqqatli hayoti va bugungi tinch-osuda kunlarga qo‘shgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi. Sharofat momoga samimiy tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mamlakatimiz tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida xizmat qilgan faxriy avlod vakillariga doimo hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning muqaddas burchimiz ekani ta’kidlandi.
Kitob tuman Adliya bo’limi
➥https://t.me/kitobadliya