Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya xabari


#Adliya_xabari

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari B.Valiyev rahbarligidagi Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Qashqadaryo viloyatida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarda huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, aholi orasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktika ishlarini manzilli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oilaviy nizolarning barvaqt oldini olish, nizoli oilalarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda muammolarni huquqiy yechimlar asosida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Nuriyev tomonidan “Nizolioila.adliya.uz” platformasi taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda platformaning imkoniyatlari, nizoli oilalar bilan ishlashdagi ahamiyati, muammolarni elektron tarzda monitoring qilish, tahlil etish va mas’ul tashkilotlar hamkorligida manzilli choralar ko‘rish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur platforma oilaviy nizolarni erta aniqlash, ularni bartaraf etish va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram (http://t.me/adliyaimd) | Instagram | (https://www.instagram.com/adliyanews/) Facebook (https://www.facebook.com/share/18x5kjopib/?mibextid=wwXIfr) | YouTube (https://www.youtube.com/@Adliya) | Bot (https://t.me/Odil_chat_bot)