Янгиликлар
10
Mualliflik huquqi bu daxlsizlikdir
Ilm-fan taraqqiyotida intellektual mulkning o‘rni: Qarshi davlat universitetida seminar-trening
Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va mualliflik huquqlarini himoya qilish adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan, Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorlikda Qarshi davlat universitetida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda, Adliya vazirligining Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig'i B.Ruziyev va viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Raximov tomonidan professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarga intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishning zamonaviy mexanizmlari batafsil tushuntirildi. Xususan:
Mualliflik huquqi va daxlsizlik: Ilmiy asarlarni yaratishda mualliflik huquqiga rioya etishning huquqiy asoslari va plagiatning salbiy oqibatlari hamda ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda patent olish bosqichlari tahlil qilindi.