Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

QARSHIDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI


QARSHIDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI

Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari T.Imomberdiyev tomonidan Qarshi tumanining "Dasht" mahallasida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor  qabulda 40 nafarga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.

????Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, fuqarolardan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga  oid bir qator masalalari mas'ullar tomonidan ko'rib chiqildi.

????Shuningdek, qabul davomida 9 nafar fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olinib, 10 nafardan ortiq fuqarolarga joyida tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida  yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi. Jumladan,  Islomiy bank faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari (O‘RQ–1126-son, 27.03.2026 y.) tushuntirildi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya