Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

DUOLAR IJOBAT BO‘LGAN KUN: OQGUL MOMONING MUAMMOSI HAL ETILDI


DUOLAR IJOBAT BO‘LGAN KUN: OQGUL MOMONING MUAMMOSI HAL ETILDI

Yakkabog‘ tumani «Madaniyat» MFYda istiqomat qiluvchi, 76 yoshli Oqgul momo Xo‘jaeva kutilmagan muammoga duch keldi. Sababi, onaxonning nafaqa puli 3 oydan buyon to‘xtatib qo‘yilgan.

Muammo nimada edi?
Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida onaxonning ma’lumotlari FHDY axborot tizimidan ma’lumot kelmaganligi onaxonning pensiya to‘lovlari to‘xtatilgan. Eng yomoni, nafaqat tuman, balki viloyat FHDY arxividan ham onaxonning tug’ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi topilmagan.

Onaxonga amaliy yordam berish maqsadida Yakkabog‘ tuman FHDY bo‘limining amaliy yordami bilan tegishli hujjatlar asosida Oqgul momoning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklandi va onaxonga tug’ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.

Shuningdek, Yakkabog’ tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan onaxonning to‘xtab qolgan 3 oylik nafaqa pullari to‘liq undirib berildi.