Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SAYYOR QABUL


#Sayyor_qabul

Sayyor qabul – aholi bilan muloqotning samarali usuli

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Yakkabog' tumanidagi “Jaychi” MFYda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari  S.Raximov, boshqarma boshlig'i o'rinbosari T.Imomberdiyev,  tuman hokimligi,hamda soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda yuzga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida 30 dan ortiq sayyor davlat xizmati ko‘rsatilib, fuqarolardan kadastr hujjatlarini shakllantirish yuzasidan arizalar qabul qilindi.

Shuningdek:
• 3 nafar fuqaroga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda meros huquqi masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi;
• 15 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi;
• 12 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi;
• 15 nafar fuqaroga turli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya