Янгиликлар
07
KUZATUV
KUZATUV
Sharapov Ilhom Jamolovich yangi lavozimga kuzatildi
Viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i Sharapov Ilhom Jamolovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan boshqarmada tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
S. Nuriyev, shuningdek, jamoa a’zolari so‘zga chiqib, I. Sharapovning adliya tizimidagi samarali mehnat faoliyati, qisqa fursat ichida erishgan yutuqlari, mas’uliyatli va fidoyi mehnatini alohida e’tirof etdilar.
So‘zga chiqqanlar Ilhom Jamolovichni yangi lavozimi bilan samimiy qutlab, kelgusi ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilashdi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Ilhom Jamolovichning kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida ham yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildiradi va unga omad tilaydi.