Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – jamiyat barqarorligining muhim omili!


Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish – jamiyat barqarorligining muhim omili!

2026 yil 3 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF–33-son Farmon mamlakatimizda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, erta nikoh hamda turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, shuningdek, jamiyatda ushbu illatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir. Mazkur farmon bilan erta nikohlarning oldini olish, ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlari taqdiri uchun mas’uliyatini oshirish, oila qurishga tayyor va moliyaviy mustaqil yoshlar nikohini rag‘batlantirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish kabi muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, nikoh yoshiga oid qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan jarimalarning bir qismini huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirishga yo‘naltirish, erta nikoh va voyaga yetmaganlar homiladorligi holatlari haqida tegishli idoralarga xabar berish majburiyatini joriy etish, himoya orderi berilgan xotin-qizlar uchun tezkor yordam ko‘rsatish tizimini kuchaytirish kabi yangi mexanizmlar nazarda tutilgan. Farmon bilan jinoyat qonunchiligiga ham muhim o‘zgartirishlar kiritilib, voyaga yetmaganlarga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik yanada kuchaytirildi hamda bunday jinoyatlar bo‘yicha ishlarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan ko‘rib chiqish amaliyoti joriy etilmoqda. Bundan tashqari, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nikohni ongli ravishda qurishni rag‘batlantirish hamda homilador talaba-qizlar va yosh onalar uchun ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini kengaytirish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega chora-tadbirlar ham belgilandi. Ushbu farmon jamiyatda inson qadr-qimmatini ulug‘lash, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Laziz Azizov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining sudyasi.