Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

MUBORAKDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI


MUBORAKDA AHOLI MUROJAATLARI SAYYOR TARTIBDA O'RGANILDI

Bugun viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Nuriyev tomonidan Muborak tumanining "Qoraqum" mahallasida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor  qabulda 60 nafarga yaqin fuqarolar o'z masalalariga echim topish umidida tashrif buyurdi.

Muloqot davomida fuqarolarning mehnat munosabatlari, bandlik, fuqarolardan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga  oid bir qator masalalari mas'ullar tomonidan ko'rib chiqildi.

Shuningdek, qabul davomida 9 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etilib, 30 nafardan ortiq fuqarolarga joyida tushuntirishlar berildi, 11 ta murojaatlar ish yurituviga olindi. Davlat xizmatlari markazi tomonidan 15 ta  xizmat ko'rsatilgan bo'lsa, FHDY bo'limi tomonidan 2 ta murojaatlar joyida hal etildi.

Sayyor qabul davomida  yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka tushuntirildi.