Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

adliya hudud


#adliya_hudud

????Muborak tuman FHDY bo‘limi tomonidan mahallalarda nizoli oilalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muborak tuman FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan “Tong” hamda “Qoraqum” MFYlarida istiqomat qiluvchi nizoli oilalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish, farzandlar manfaatlarini himoya qilish hamda oilada sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari, er-xotinning huquq va majburiyatlari, yarashtirish tartiblari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.