Янгиликлар
19
Adliya xabari
#adliya_xabari
⭐️Qashqadaryoda yana 1 911 nafar shaxsning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlari e'tirof etildi.
✅Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining joriy yil 7 -fevraldagi sessiyasida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarini eʼtirof etish masalasi ko'rib chiqildi.
✍️Mazkur sessiyada jami 1 911 nafar fuqaroning yer va mulkka bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha kengash qarori qabul qilindi.
????Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
????Ma’lumot uchun, Qonun ijrosi bo‘yicha shu kunga qadar viloyatimizda 7 155 nafar fuqaroning yer va mulkka bo‘lgan huquqlari e’tirof etildi.