Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya xabari


#Adliya_kuni

ADLIYA SIZNI ESHITADI!

Gʻuzor tumanida aholiga qulaylik yaratish va ularning muammolarini joyida hal etish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul Davlat xizmatlari markazi (DXM), Adliya bo‘limi, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamda Madad huquqiy maslahat byurosi hamkorligida tumandagi Mustaqillik MFYda o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholiga joyida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, bir qator masalalar ijobiy hal etildi.

Aholiga yanada yaqin bo‘lish, murojaatlarni tezkor va samarali ko‘rib chiqish — adliya organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.

✈️Kanalga ulanish
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya