Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya xabari


????????Dehqonobodning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi o‘zgaradi: Yangi chora-tadbirlar muhokama markazida!

✅Bugun Dehqonobod tumani hokimligi binosida  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori asosida ishlab chiqilgan 2026-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy va kriminogen vaziyatini barqarorlashtirishga qaratilgan muhim "Yo‘l xaritasi" ijrosi yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

????Tadbirda, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Nuriyev Saloxiddin Samadovich va Dehqonobod tumani hokimi Shokirov Sherzod Oʻtkirovich hamda tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.

????Yig'ilish davomida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiyasi, erta nikoh, ajrim, oilaviy nizolarni mediatsiya yo‘li bilan hal etish hamda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va mahallalardagi ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kabi strategik vazifalar barcha davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.

????Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan Dehqonobod tuman prokuraturasida tashkil etilgan SHTAB faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ularga amaliy ko'rsatmalar berildi.

✅Mazkur tadbirlar tuman aholisining turmush darajasini oshirish va yangicha ishlash tizimini joriy etish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.