Янгиликлар
02
Adliya xabari
#mening_mahallamda_jinoyat_bo’lmaydi
Joriy yilning 30 -yanvar kuni Kitob tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Bektemir va Paxtaobod mahallalarida mahalla yettiligi hamda mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi. Xususan, ushbu Qaror doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarga my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.
Tadbir davomida fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi.
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya