Янгиликлар
05
Adliya xabari
Sog‘lom oila va porloq kelajak yo‘lida muhim tashabbus
Ko‘kdala tumanidagi Taloqtepa qishlog‘ida joylashgan 59-maktab hamda Xarduri MFY hududidagi 57- va 58-umumta’lim maktablarida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuvlar davomida ota-onalar va o‘quvchilarga:
???? erta nikohlarning oila mustahkamligi va jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri
???? erta tug‘ruqning ona va bola salomatligiga yetkazishi mumkin bo‘lgan jiddiy xavflar
???? jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, yoshlar hayotiga va kelajagiga ko‘rsatadigan ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qiz farzandlarning to‘liq ta’lim olishi, kasb egallashi va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashi eng ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.