Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya xabari


#Adliya_mahallada

Aholiga huquqiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, fuqarolarning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul va huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar:
Ko‘kdala tumani Qo‘chqorbuloq MFY
Yakkabog‘ tumani Istiqlol MFY hududlarida o‘tkazildi.

Unda fuqarolarga:
???? huquqiy maslahatlar berildi,
???? davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi,
???? mavjud murojaatlar joyida qabul qilindi,
???? muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, PQ–1-son qaror ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilib, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirishlar berildi.

Bu kabi tadbirlar aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.