Янгиликлар
03
Adliya xabari
Ajrim — yechim emas!”
Kasbi tumanida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Qamashi" MFY da notinch oilalar bilan ishlash, oilaviy nizolarni bartaraf etish va ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Ajrim — yechim emas!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda nizoli oilalar vakillari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida ishtirokchilarga nikoh, oila va farzandlar ulug‘ ne’mat ekani, er-xotin zimmasidagi burch va mas’uliyat eng yuksak qadriyat ekani, shuningdek, ajrim muammolarga yechim emasligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Tadbir yakunida fuqarolik sudlarida nizolashayotgan 7 nafar oila holati alohida muhokama qilinib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.