Янгиликлар
30
Adliya xabari
#Kuzatuv
⭐️ Adliya xodimlari yangi lavozimga kuzatildi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sho'ba boshlig'i Ismoilov Elnur Taxirovich boshqa ishga o'tganligi hamda Qarshi tuman adliya bo'limi boshlig'i Abdullayeva Risolat Sunnatovna fuqarolik ishlari bo'yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i S.Nuriyev va boshqalar so‘zga chiqib, E.Ismoilov va R.Sunnatovnaning mehnat faoliyati davomida erishgan yutuqlari, fidoyiligini e’tirof etdi. Ularni yangi lavozim bilan qutlab, kelgusi ish faoliyatida omad va zafarlar tilashdi.
✅ Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi E.Ismoilov hamda R.Sunnatovnaning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qoladi.