Янгиликлар
30
Adliya xabari
#adliya_hudud
⚡️Bugun Kitob tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Birlik mahallasida mahalla yettiligi hamda mahalla faollari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
????Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori mazmun-mohiyati aholiga tushuntirildi. Xususan, ushbu Qaror doirasida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning ogohligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
????Shuningdek, fuqarolarga my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uydan chiqmagan holda onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari keng targ‘ib qilindi.
????Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tizimi — census.stat.uz saytiga kirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.