Янгиликлар
29
Adliya xabari
#adliya_hudud
“Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida raqamlashtirish va qonuniy faoliyatni ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
Bugun viloyat soliq boshqarmasi, Qarshi shahar hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya, Davlat xizmatlari markazi hamda bozor ma’muriyati hamkorligida “Yerqo‘rg‘on oziq-ovqat dehqon bozori”da profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, yashirin iqtisodiyotning oldini olish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda fuqarolarning davlat ro‘yxatidan o‘tishiga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida tadbirkorlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyoz va qulayliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berilib, tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan fuqarolar Qarshi shahar Davlat xizmatlari markazi mutaxassislari tomonidan joyida tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmoqda.
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya