Янгиликлар
28
Adliya xabari
#antikorrupsiya
Jamiyat taraqqiyoti har bir fuqaroning pok vijdoni va yuksak sadoqatidan boshlanadi
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida korrupsiya va uning salbiy oqibatlarini oldini olish maqsadida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Soliq qo‘mitasi Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi, viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, shaxsiy tarkib, shuningdek, hududiy soliq inspeksiyalari rahbar va xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, 2026-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim va dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilingani alohida ta’kidlanib, mazkur yo‘nalishda qat’iy, murosasiz va tizimli yondashuvlarni ta’minlash zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida soliq tizimi xodimlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni halollik, mas’uliyat va qat’iyat bilan bajarishlari, shuningdek, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash har bir xodim uchun ustuvor burch ekani yana bir bor eslatib o‘tildi.
Тelegram (https://t.me/soliqnews) |Facebook (https://www.fb.com/Soliqpressa/) |Youtube| (https://www.youtube.com/c/Davlatsoliqqomitasi) Instagram (https://www.instagram.com/soliqpressa/) |X| (https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09)Threads (https://www.threads.net/@soliqpressa)