Янгиликлар
28
Adliya xabari
Adliyada Ma’naviyat soati
Viloyat Adliya boshqarmasida PQ–1 sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tamoyili asosida tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatida amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur qarorlarga muvofiq, adliya organlariga nizoli oilalar bilan ishlash, ularni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda oilaviy nizolarning oldini olish vazifalari yuklatilgan.
Davra suhbati davomida Huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchisi R. Raxmonov tomonidan qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.
✈️Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya