Янгиликлар
25
Adliya xabari
#adliya_aralashgach
Viloyat adliya boshqarmasiga Kasbi va Yakkabog‘ tumanlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi sobiq boshliqlari shikoyat qilib, mehnat shartnomalari noqonuniy bekor qilinganligini ma’lum qilishgan.
Mazkur murojaatlar o‘rganib ko‘rilib, Qashqadaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 160-moddasi talablarini buzib, mehnat shartnomalari bekor qilinganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, Kasbi va Yakkabog‘ tumanlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi sobiq boshliqlari o‘z ish joylariga tiklanishi ta’minlandi.