Янгиликлар
19
adliya_aralashgach
#adliya_aralashgach
????Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan Chernobil halokati oqibatlarini tugatish ishlari bilan bog‘liq zararlangan hududda ishlagan 2 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
????Sayyor qabullar davomida Qamashi tumanida yashovchi I. Qurbonov va N. Begimqulov pensiyalarining asossiz ravishda 50 foizga kamaytirilgani yuzasidan murojaat qildilar. O‘rganishlar natijasida ular 1986 yilda Chernobil halokati oqibatlarini tugatish ishlarida ishtirok etgan va II-guruh nogironlari ekanligi aniqlandi.
????Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar 2024 yil may oyiga qadar pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 8 baravari miqdorida pensiya olib kelgan, biroq Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Qamashi tuman bo‘limi tomonidan pensiya miqdori 4 baravarga kamaytirilgan.
????Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman adliya bo‘limi tomonidan hujjatlar Qarshi tumanlararo ma’muriy sudiga yuborildi. Sud tomonidan da’vo qanoatlantirilib, pensiyani bazaviy miqdorning 8 baravari asosida qayta tayinlash hamda 2024 yil may oyidan boshlab kamaytirilgan mablag‘larni qaytarish majburiyati yuklatildi.
????Hozirda tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya