Янгиликлар
15
Adliya xabari
#adliya_xabari
KUZATUV
Ismatov Samariddin Abdujalilovich yangi lavozimga kuzatildi
⚡️Viloyat adliya boshqarmasining Moliya-iqtisod sho‘basi boshlig‘i Ismatov Samariddin Abdujalilovich Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutiga ishga qabul qilinishi munosabati bilan boshqarmada tantanali kuzatuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
⭐️Tadbirda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i
S. Nuriyev, shuningdek, jamoa a’zolari so‘zga chiqib, S. Ismatovning adliya tizimidagi samarali mehnat faoliyati, qisqa fursat ichida erishgan yutuqlari, mas’uliyatli va fidoyi mehnatini alohida e’tirof etdilar.
So‘zga chiqqanlar Samariddin Abdujalilovichni yangi lavozimi bilan samimiy qutlab, kelgusi ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilashdi.
✅ Adliya boshqarmasi jamoasi Samariddin Abdujalilovichning kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida ham yuksak natijalarga erishishiga ishonch bildiradi va unga omad tilaydi.