Янгиликлар
11
Adliya xabari
✳️ Viloyat adliya boshqarmasi “Hilol” mahallasida
Bugun Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev hamda mas’ul xodimlar Qarshi tumani “Hilol” mahallasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida:
???? “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, ularning dolzarb vazifalari yuzasidan fikr almashildi;
???? Aholining muammolari joyida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi;
???? Mahalla obodonligi, infratuzilma va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi;
???? Fuqarolarga ko‘chatlar tarqatilib, xodimlar va aholi bilan birgalikda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi;
???? Mahalla aholisiga gaz ballonlari yetkazib berildi, bu esa ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini o‘rganish va mahallalarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga ko‘maklashishdan iboratdir.
????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya