Янгиликлар
10
Adliya xabari
???? 9-dekabr — Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
❗️ Korrupsiya — davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir.
Sana munosabati bilan Chiroqchi tumani Elektr ta'minoti korxonasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish har birimizning burchimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Chiroqchi tuman bo‘linmasi rahbari Bahrom Toshpo'latov, tuman prokurori yordamchisi Sardor Yusupov, tuman Adliya bo'lim boshlig'i Xayrulla Yorbozorovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati, sohadagi xavf-xatarlar va erishilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, davra suhbati davomida Konstitutsiyaning hayotimizdagi ahamiyati, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi beqiyos o‘rni haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.
????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya