Янгиликлар
08
Adliya xabari
ADLIYADA BAYRAM SHUKUHI
“KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI"
✅8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “KONSTITUTSIYA — INSON QADRI, ERKINLIK, TENGLIK VA ADOLAT GAROVI” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbir avvalida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyev yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, Konstitutsiyamizning jamiyat rivojidagi o‘rni, undagi tamoyillarni hayotga tatbiq etish yo‘lida adliya organlari zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
✅Bayram munosabati bilan Adliya organlari va muassasalarida fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga:
“Adliya a’lochisi” ko‘krak nishoni,
Adliya vazirining faxriy yorliqlari,
tantanali ravishda topshirildi.
✅Shuningdek, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, aholiga sifatli huquqiy axborot yetkazish jarayonida adliya boshqarmasi bilan yaqin hamkorlik qilib kelayotgan bir qator tashkilot xodimlari ham boshqarma boshlig‘ining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandilar.
✅Tadbir adliya tizimi xodimlarining bayramona kayfiyatda, yuksak ruh bilan o‘tgan yili erishgan natijalarini yodga olish va yangi marralar sari intilishlariga xizmat qildi.
✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya