Янгиликлар
06
Adliya xabari
#Konstitusiya
#adliya_hudud
✅G‘uzor tumani Davlat xizmatlari markazida — Konstitutsiyamizning 33 yilligi munosabati bilan yoshlarga pasportlar tantanali tarzda topshirildi
Bugun G‘uzor tumani davlat xizmatlari markazi tomonidan 4 nafar 16 yoshga to‘lgan bir guruh yosh fuqarolarga o‘zining ilk shaxsiy hujjati — biometrik pasport tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi bilan ayni paytda o‘tkazilib, yoshlar uchun unutilmas lahzaga aylandi.
Ular yangi pasportlarini qo‘lga olar ekan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida o‘z huquq va burchlarini teran his etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash borasida muhim qadam qo‘ydilar.
???????? Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati, fuqarolik pasporti esa uning amaldagi timsolidir.
✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya