Янгиликлар
01
Adliya xabari
TARG‘IBOT POYEZDI TURON UNIVERSITETIDA
“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovidir” shiori ostida yo‘lga chiqqan “Targ‘ibot poyezdi” bugun Turon Universitetida bo‘ldi.
Tadbir davomida targ‘ibot guruhi a’zolari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati,
undagi inson huquq va erkinliklari,
yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi normalar,
fuqarolarning davlat oldidagi huquq va majburiyatlari borasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy ongini mustahkamlash, qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rnini chuqur anglatishga xizmat qildi.