Янгиликлар
29
Adliya xabari
#konstitusiya
#huquqiy_aksiya
Bugun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Qarshi shahridagi 9- va 14-maktablarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmanning viloyatdagi vakili hamkorligida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolalar va yoshlarning tizimli muammolarini o‘rganish, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, maktablarda bolalar o‘rtasidagi bullying masalalarini bartaraf etish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bolalar huquqlari qanday kafolatlanganligi, ularning ta’lim, himoyalanish va erkin rivojlanish huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Konstitutsiyaning yangi tahririda bolalar manfaatlari ustuvor ekanligi alohida ta’kidlandi.
Aksiya doirasida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning muammolarini tinglash va ularga amaliy ko‘mak berish ishlari amalga oshirildi.