Янгиликлар
27
Adliya xabari
Notariuslar uchun yangi ekspertiza turlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Adliya vazirining X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 26-noyabr kuni viloyat adliya boshqarmasi va Notarial palataning hududiy boshqarmasi hamkorligida xususiy amaliyotdagi notariuslar uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda Respublika sud ekspertiza markazi viloyat bo‘limi mas’ul xodimi R. Xidirov ishtirok etib, notariuslarga joriy etilgan yangi ekspertiza turlari, ularning afzalliklari va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda, shuningdek,
• notarial harakatlar sifatini oshirish,
• huquqiy xatolarning oldini olish,
• aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.
✅Kanalga ulanish????????????
@qashqadaryoviloyatadliya