Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya xabari


#ADLIYA_SIZNI_ESHITADI

Bugun Mirishkor tumani “Obodon” hamda "O'zbekiston" mahallasida viloyat adliya boshqarmasi o'rinbosarlari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Sayyor qabul davomida 50 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar vakillari ishtirok etib, 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi hamda 10 dan ortig‘i joyida hal qilindi, qolgan 10 ga yaqini esa ish yurituviga olindi.

Shuningdek, 9 ta davlat xizmatlari va FHDY yo‘nalishidagi harakatlar sayyor tartibda ko‘rib chiqildi. Ulardan 6 tasi joyida hal etildi.

Aholini qiynab kelayotgan bir nechta masalalar joyida hal etildi:

— Fuqarolardan birining uzoq vaqt yechimi topilmay kelayotgan yer hujjatlari bilan bog‘liq muammosi mutasaddilar ishtirokida joyida ko‘rib chiqildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

— Nogironligi bo‘lgan shaxsning ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha murojaati zudlik bilan hal etilib, uning hujjatlari elektron tizimga kiritildi.

— Yakka tartibda uy qurayotgan fuqaroning kadastr pasportini olish masalasi joyida o‘rganilib, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni boshlab berildi.

— FHDY yo‘nalishida tug‘ilganlik guvohnomasini tiklash masalasi bo‘yicha murojaat qilgan fuqaroning hujjatlari o‘sha yerning o‘zida qayta rasmiylashtirildi.