Янгиликлар
19
Adliya xabari
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida bayram va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
⭐️Joriy yilning 18-noyabr kuni — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan IIV huzuridagi 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
⭐️Tadbir davomida xodimlarga Davlat bayrog‘ining qadr-qimmati, uning tarixiy ahamiyati, mustaqillik va davlat ramzlari timsoli sifatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bayrog‘imizning ranglari, ramziy ma’nolari va xalqimiz uchun iftixor manbai ekani alohida ta’kidlandi.
⭐️Shu bilan birga, “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati, halollik, poklik va xizmat intizomini yanada mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
⭐️Xodimlarga korrupsiyaning xavfli oqibatlari, davlat organlari xodimlarining shaxsiy mas’uliyati, qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi vazifalar hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan amaldagi qonunchilik normalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar yetkazildi.
⭐️Tadbir yakunida xodimlar yurt ramzlarini hurmat qilish, kasbiy halollikni doimo ustuvor qo‘yish va jamiyatda korrupsiyaga qarshi muhitni shakllantirishda faol bo‘lishga chaqirildi.
✅Kanalga ulaning????????????
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya