Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya xabari


Adliya_aralashgach ⚖️

Fuqaroga to‘lanmay kelingan 65 million so‘mdan ortiq ustama puli undirildi!

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat yurituvchi AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha metodist o‘ziga tegishli ustama to‘lovlari bir necha oy davomida to‘lanmay kelayotganidan norozi bo‘lib, tuman adliya bo‘limiga murojaat qiladi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur xodimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5349-sonli farmoniga asosan berilishi lozim bo‘lgan axborot texnologiyalarini joriy etish uchun nazarda tutilgan ustama to‘lovlari amalda to‘lab berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik huquqlari himoya qilindi.

Natijada, ish beruvchi tomonidan xodimga 65 037 872 so‘m miqdoridagi ustama to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.