Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya xabari


#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Qamashi tuman FHDY bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

✅Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev Qamashi tuman FHDY bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

✅Shu kuni tizim xodimlari hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Bo‘lim ishini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratish hamda aholining rozilik darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

✅Shuningdek, nikohni tantanali tarzda qayd etish jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, fuqarolarga zamonaviy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi. Bo‘limda nikohlanuvchi shaxslarning buyurtmasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan fotosessiya, bezak ishlari, keytering xizmati kabi bir martalik qo‘shimcha xizmatlar yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.

✅Ushbu xizmatlar amaldagi qonunchilik asosida, adliya organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar orqali amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.

✅Xizmat safari  yakunida soha xodimlariga aholiga yanada sifatli, shaffof va qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish, xizmat madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati