Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya xabari


#Adliya_xabari

✅Adliya vazirining o‘rinbosari N.Muxammadiyev Koson tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqot qildi

????Adliya vaziri o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati Koson tumanida mahalliy tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning faoliyati davomida duch kelayotgan huquqiy va amaliy muammolarini tingladi.

????Tadbirkorlar asosan kredit olishdagi to‘siqlar, soliq imtiyozlari, yer ajratish, patent olish, kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridagi muammolar, shuningdek, litsenziyalash tizimidagi byurokratik holatlardan shikoyat qilishdi. N.Muhammadiyev har bir murojaatni alohida qayd etib, tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

????Sayyor qabul davomida mas'ullar tomonidan 30 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari qabul qilindi, shundan 11 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 5 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 10 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

????Sayyor qabul yakunida, Adliya vazirligi har doim tadbirkorlarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyati uchun qulay huquqiy muhit yaratish yo‘lida amaliy choralar ko‘rishini ta’kidladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha aniq yechimlar belgilab olindi.

✈️Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya