Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya xabari


INSON HUQUQLARI HIMOYASI – E’TIBORIMIZDA

❗️Qarshi tuman adliya bo‘limi tomonidan aholi huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularni amaliy hal etish yo‘lida tizimli ishlar olib borilmoqda.

❗️Aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurish jarayonlari, chekka hududlarda qonunlar targ‘iboti davomida aniqlanib, ularni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda. Murojaatlar bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanmoqda.

❗️Amaliy misol sifatida, Qarshi tuman «Lagandi» MFYda yashovchi fuqaro M. Uzoqova uzoq yillar Qarshi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 53-Navbahor oilaviy poliklinikasida katta hamshira bo‘lib ishlagan.
Mehnat shartnomasi 2025 yil 20 mayda bekor qilingan bo‘lsa-da, foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari to‘lab berilmagan.

❗️Tuman adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganilib, tibbiyot birlashmasi rahbari nomiga taqdimnoma yuborilgan, ammo ijrosi ta’minlanmagach, fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.
Sud qaroriga ko‘ra, M. Uzoqovaga jami 155 kunlik, 15 387 470 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lab berilishi ta’minlandi.

❗️Shuningdek, Qarshi tumani «Rovot» MFYda yashovchi fuqaro Ergasheva Oysuluv tomonidan ham murojaat kelib tushgan. U 2016 yildan buyon Sil kasalliklari dispanserida zararli sharoitlarda ishlaganini bildirgan va imtiyozli pensiya tayinlashda yordam so‘ragan.

❗️Pensiya jamg‘armasi tomonidan zarur hujjatlar yetishmasligi sababli rad javobi berilgan bo‘lsa-da, tuman adliya bo‘limi fuqaroning manfaatlarini himoya qilib, zararli ishlarda ishlaganlik faktini aniqlash yuzasidan sudga murojaat qildi.

???? Shu bilan birga, adliya bo‘limi tomonidan mehnat huquqlariga rioya etilishi doimiy monitoring ostida. Aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ish beruvchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.


????Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya