Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

adliya xabari


#adliya_hudud

???? Yoshlar o‘rtasida nikoh shartnomasi targ‘iboti o‘tkazildi

????Qarshi shahar FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan "Mahollot" hamda "Rog‘uzar" mahallalarida yosh nikohlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

????Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila davlat va jamiyat muhofazasida ekanligi, shuningdek Oila kodeksida belgilangan oila a’zolarining shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

???? Uchrashuvda, ayniqsa, nikoh shartnomasining huquqiy afzalliklari va u orqali er-xotin o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

????Mazkur targ‘ibot ishlari yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyatni kuchaytirish hamda barqaror oilalar shakllanishiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

✈️Kanalga ulanish✔️
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya