Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya xabari


????Hurmatli tadbirkorlar diqqatiga!

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi fuqarolarga nikohni tantanali tarzda qayd etish jarayonida yanada zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlarini hamkorlikka taklif etadi.

Viloyatdagi barcha tuman va shahar FHDY bo‘limlarida nikohlanuvchilarning buyurtmasi asosida tadbirkorlar tomonidan quyidagi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan:

???? fotosessiya
???? keytering (taom va ichimliklar xizmati)
???? bezak ishlari va boshqa xizmatlar

Ushbu xizmatlar adliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali amalga oshiriladi.

???? Hamkorlik shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

taraflarning huquq va majburiyatlari;

buyurtmaga binoan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar tartibi;

xizmat ko‘rsatish shartlari;

adliya organining byudjetdan tashqari jamg‘armasiga o‘tkaziladigan to‘lov miqdori;

shartnomani bekor qilish tartibi.

???? Shu munosabat bilan, barcha tadbirkorlar mazkur yo‘nalishdagi tender tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi!

Qarshi shahar, I.Karimov ko'chasi 55-uy
telefon raqam: 75 230-01-76 (6008, 6031)
E-pochta: qashqadaryo@adliya.uz