Янгиликлар
23
Adliya xabari
#adliya_xabari
????Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tizimi o‘rganilmoqda
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishda uchrayotgan tizimli muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i M. Hatamov hamda boshqarmaning advokatura va mediatsiya bo‘limi boshlig‘i J. Uzakovlar Kasbi va Mirishkor tuman adliya bo‘limida bo‘lishdi.
Tashrif davomida davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali sud va tergov organlaridan so‘rovlar kelishini ko‘paytirish, so‘rovlarni asossiz rad etayotgan advokatlarning faoliyatini tahlil qilib, ularni hududiy malaka komissiyalariga kiritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mutasaddilar tomonidan, sud va tergov organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.