Янгиликлар
20
adliya xabari
#Adliya_xabari
Qashqadaryodagi tadbirkorlar hamda ijodkorlarga intellektual mulk ob'yektlarini himoya va muhofaza qilish yuzasidan ochiq muloqot o'tkazildi
Joriy yilning 23-oktabr kuni Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlari hamda san’at va ijod vakillariga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Ochiq muloqot davomida intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi, uning afzalliklari va huquqiy himoya qilish mexanizmlari bo‘yicha master-klass o'tkazildi.
Shuningdek, mualliflik huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Uchrashuvda hayotiy misollar, interaktiv savol-javoblar o‘tkazilib, intellektual mulkni hurmat qilish va himoya qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.