Янгиликлар
22
Adliya xabari
Nikoh shartnomasining afzalliklari tushuntirildi
Joriy yilning 22-oktabr kuni Qamashi, Kasbi hamda Shahrisabz tuman FHDYo bo‘limlari tomonidan nikohlanayotgan yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida FHDYo bo‘limi xodimlari yosh oilalarga nikoh shartnomasining mazmuni va uning afzalliklari haqida batafsil tushuntirish berishdi. Shuningdek, ushbu hujjatning oilaviy munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati, taraflar o‘rtasida huquq va majburiyatlarni aniq belgilab berishdagi o‘rni haqida ham fikr yuritildi.
Mazkur tadbir yoshlarni ongli nikohga tayyorlash, oilaviy munosabatlarda huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qildi.