Янгиликлар
22
Adliya xabari
#adliya_hudud
Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarga yerga egalik huquqini e’tirof etish tartibi tushuntirildi!
Qarshi shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish tartibi bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida fuqarolarga amaldagi qonunchilikda belgilangan tartib-qoidalar, yer hujjatlarini rasmiylashtirish bosqichlari va to‘lovlarni amalga oshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tez fursatda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati