Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Til millat ko'zgusi


#adliya_xabari

TIL MILLAT KO’ZGUSI

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat yuridik texnikumi bilan hamkorlikda “Til — millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi ahamiyati, uni asrab-avaylash va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yoshlarning ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalanish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va she’rlar namoyish etildi.

Tadbirda “Do‘stlik” ordeni sohibi Umrzoq Quvvatov ham ishtirok etib, o‘zining chiroyli qo‘shiqlari bilan mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida ona tilimizning qadri va go‘zalligini targ‘ib etish, uni millat g‘ururi sifatida e’zozlashga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati