Янгиликлар
20
adliya_xabari
#adliya_hudud
“Homiylik to‘g‘risida”gi Qonun mazmuni va amaliy ahamiyati muhokama qilindi
Joriy yilning 21-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 1083-sonli Qonuni bilan bir qator qonun hujjatlariga, jumladan “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida mazkur qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish va amaliy qo‘llash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
L. Muxammadieva — FIB Qarshi tumanlararo sudi sudyasi
Mavzu: “Homiylik xayriyalaridan foydalanish tartibi va uni buzganlik uchun javobgarlik masalalari”
J. Xushnazarov — O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasining hududiy bo‘limi rahbari
Mavzu: “Homiylik faoliyatida huquqiy xatarlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar” to’g’risida ma’ruza qilindi.
Tadbir davomida qonunda belgilangan yangi normalar, homiylik faoliyatining huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlar atroflicha muhokama qilindi.
“Homiylik to‘g‘risida”gi Qonun ilk bor 2007-yil 2-mayda qabul qilingan bo‘lib, unda homiylik va hayriya munosabatlarini tartibga solish belgilangan.