Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Adliya xabari


#Adliya_aralashgach

Fuqaroga tegishli nafaqa va hisob-kitob pullari undirib berildi

Dehqonobod tuman adliya bo‘limiga Dehqonobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasining xodimi A.Abdulazizov murojaat qilib, yoshga doir pensiya tayinlanishi munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini, biroq sohada 10 yildan ortiq ishlaganligi uchun berilishi lozim bo‘lgan nafaqa hamda yakuniy hisob-kitob pullari to‘lanmaganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan haqiqatda ushbu to‘lovlar amalga oshirilmaganligi aniqlangan. Shu munosabat bilan Dehqonobod tuman adliya bo‘limi tomonidan boshqarmaga taqdimnoma kiritilgan.

Adliya aralashgach: taqdimnoma ijrosi asosida fuqaro A.Abdulazizov 9 638 072 so‘m miqdoridagi nafaqa va yakuniy hisob-kitob pullari undirib berildi.